«ukrainadagi urush» tegli maqolalar


Ukrainadagi urush: tomonlar tinchlik bitimidan nima kutmoqda?
Bugun, 12:09

Ukrainadagi urush: tomonlar tinchlik bitimidan nima kutmoqda?

Ukrainadagi urushni tugatish masalasi Myunxen xavfsizlik konferensiyasi diqqat markazida turibdi. Zelenskiy har qanday muzokaralarda Ukraina ishtiroki bo‘lishi kerakligini aytmoqda. Tramp va Putin o‘z jamoalariga muzokaralarni boshlashni buyurgan. Xo‘sh, tomonlar tinchlik bitimidan nimalar kutmoqda?

Rossiya droni Chernobil AESdagi sarkofagga tushdi — Ukraina hukumati
Kecha, 13:42

Rossiya droni Chernobil AESdagi sarkofagga tushdi — Ukraina hukumati

Rossiyaning jangovar droni Chernobil atom stansiyasining vayron bo‘lgan to‘rtinchi energiya bloki ustidagi izolyatsiya inshootiga kelib urildi va yong‘in chiqishiga sabab bo‘ldi, deya xabar berdi Ukraina hukumati. MAGATE portlashni tasdiqladi va radiatsiya darajasi normal holatda qolayotganini ma’lum qildi.

Ukraina va Rossiyada urushda bedarak yo‘qolganlar soni ikki barobar oshdi — XQXQ
13 fevral 2025, 17:41

Ukraina va Rossiyada urushda bedarak yo‘qolganlar soni ikki barobar oshdi — XQXQ

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi Ukraina va Rossiya urushida bedarak yo‘qolganlar soni bir yilda ikki barobardan ortiqqa oshib, 50 ming kishiga (bir yil avval 23 ming kishi edi) yetganini bildirdi. Ularning qariyb 90 foizi harbiy xizmatchilar va ayollardir.

“Ukraina va Yevropa har qanday muzokaralarning bir qismi bo‘lishi kerak”. Yevropa siyosatchilari Trampning bayonotlariga munosabat bildirdi
13 fevral 2025, 17:19

“Ukraina va Yevropa har qanday muzokaralarning bir qismi bo‘lishi kerak”. Yevropa siyosatchilari Trampning bayonotlariga munosabat bildirdi

Yevropa davlatlari TIV rahbarlari Trampning Kiyev o‘z yerlarini qaytarib olishi dargumonligi haqidagi so‘zlariga javoban Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va uning hududiy yaxlitligini qo‘llashga tayyorligini bildirdi. “Ukraina va Yevropa har qanday muzokaraning bir qismi bo‘lishi kerak”, — dedi vazirlar.

Putin bilan uchrashuv Saudiya Arabistonida o‘tishi mumkin, Kiyevning NATOga a’zoligi “ehtimoldan yiroq”. Tramp — Ukrainadagi urush tugashi haqida
13 fevral 2025, 16:13

Putin bilan uchrashuv Saudiya Arabistonida o‘tishi mumkin, Kiyevning NATOga a’zoligi “ehtimoldan yiroq”. Tramp — Ukrainadagi urush tugashi haqida

Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini “real” deb hisoblamasligini aytdi va mamlakatning 2014-yilgi chegaralariga qaytishini “ehtimoldan yiroq” deya atadi.

Zelenskiy Rossiya bilan hudud almashish haqida gapirgandi. Kreml bunday variantni rad etdi
12 fevral 2025, 17:15

Zelenskiy Rossiya bilan hudud almashish haqida gapirgandi. Kreml bunday variantni rad etdi

Vladimir Zelenskiy muzokaralarda Kursk viloyatining Ukraina nazoratidagi bir qismini Ukrainaning Rossiya anneksiya qilgan hududlari bilan almashtirishni taklif qilmoqchi ekani haqida gapirgandi. Kremlga ko‘ra, “bu imkonsiz: Rossiya hech qachon o‘z hududini ayirboshlash mavzusini muhokama qilmagan va qilmaydi”.

Tramp Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish haqida gaplashdi — NYP
9 fevral 2025, 11:36

Tramp Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish haqida gaplashdi — NYP

Trampning aytishicha, u Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish haqida telefon orqali gaplashdi, deb yozdi NYP. “Putin odamlar ortiq o‘lmasligini xohlaydi”, — deydi AQSh prezidenti. Trampga ko‘ra, AQSh 500 mln dollarli nodir yer qazilmalari va gaz evaziga kelishuvda Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini bermoqchi.

45 ming qurbon va 390 ming yarador: Zelenskiy Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlarini baholadi
5 fevral 2025, 19:28

45 ming qurbon va 390 ming yarador: Zelenskiy Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlarini baholadi

2022-yil fevraldan buyon ukrainalik 45 100 nafar harbiy halok bo‘ldi, 390 ming nafari yaralandi, deb xabar berdi Zelenskiy. Prezident Rossiyaning yo‘qotishlariga ham to‘xtalib, taxminan 350 ming harbiy halok bo‘lganini aytdi.

AQSh yordam evaziga Ukrainadan noyob metallarni olmoqchi
4 fevral 2025, 17:18

AQSh yordam evaziga Ukrainadan noyob metallarni olmoqchi

Donald Trampning aytishicha, AQSh o‘z yordami evaziga Ukrainadan nodir yer metallarini olishni xohlaydi. Agar xavfsizlik kafolatlari taqdim etilsa, Kiyev Vashington bilan ishlashga tayyor, deb yozmoqda NYT.

Ukraina urush boshidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarining 30 ga yaqin fuqarosini asirga olgan — Ukraina Adliya vazirligi
31 yanvar 2025, 18:08

Ukraina urush boshidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarining 30 ga yaqin fuqarosini asirga olgan — Ukraina Adliya vazirligi

Ukraina Adliya vazirligi 2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Markaziy Osiyo davlatlarining 30 ga yaqin fuqarosi Ukraina tomonidan asirga olingani haqida xabar berdi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortsa, Tramp Rossiyaga sanksiyalar qo‘llamoqchi
22 yanvar 2025, 11:45

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortsa, Tramp Rossiyaga sanksiyalar qo‘llamoqchi

Donald Tramp agar Rossiya urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan bosh tortgan taqdirda, sanksiyalar bilan tahdid qildi, shuningdek, Putinni “aqlli” deb atadi. U Putin bilan “juda tez muddatda” gaplashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Rossiyaning Zaporojega bergan zarbasi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi
9 yanvar 2025, 14:31

Rossiyaning Zaporojega bergan zarbasi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi

Zaporojega Rossiya qo‘shinlari tomonidan qilingan havo hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 113 kishi jarohat oldi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, shaharga ikkita aviabomba tashlangan.

Bayden Ukrainaga 2,5 mlrd dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi
30 dekabr 2024, 17:40

Bayden Ukrainaga 2,5 mlrd dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden “qishga kirib borayotgan” Ukrainaga 2,5 mlrd dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Ushbu yordam havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya snaryadlari va “boshqa o‘ta muhim qurol-yarog‘lar”ni o‘z ichiga oladi.

KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq askarini yo‘qotdi — Janubiy Koreya
23 dekabr 2024, 17:40

KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq askarini yo‘qotdi — Janubiy Koreya

Janubiy Koreya Rossiyaning Kursk shahrida o‘tgan janglarda kamida 100 nafar Shimoliy Koreya askari halok bo‘lgani, 1000 dan ortiq askar yaralanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Pxenyan qo‘shimcha kuchlar yuborishga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin. KXDR Rossiya-Ukraina urushiga 10−12 ming nafar harbiy yuborgani aytiladi.

YI davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda, tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda — Reuters
19 dekabr 2024, 15:21

YI davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda, tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda — Reuters

Yevropa davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan yoki tinchlik bitimi tuzilgan taqdirda, o‘n minglab tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda, deb yozadi Reuters. Muzokaralar hali dastlabki bosqichda.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketini qabul qildi
16 dekabr 2024, 16:54

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketini qabul qildi

Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 15-paketini ma’qulladi. 54 nafar jismoniy shaxs va 30 ta, jumladan, Xitoy, Hindiston, BAA va boshqa mamlakatlar tashkilotlari cheklovlarga uchradi. Yangi choralar Rossiyaning “soyadagi floti”ga ham qaratildi.

AQSh Ukrainaga 500 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratdi
13 dekabr 2024, 08:42

AQSh Ukrainaga 500 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratdi

AQSh Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam paketini ajratdi. 73-yordam paketiga HIMARS uchun o‘q-dorilar, artilleriya o‘q-dorilari, tankka qarshi tizimlar, biologik himoya uskunalari va dronlar kiradi.

Rossiya “yaqin kunlarda” Ukrainaga yana “Oreshnik” bilan zarba berishi mumkin — AQSh
12 dekabr 2024, 18:35

Rossiya “yaqin kunlarda” Ukrainaga yana “Oreshnik” bilan zarba berishi mumkin — AQSh

Rossiya “yaqin kunlarda” Ukrainaga zarba berish uchun o‘rta masofali “Oreshnik” eksperimental ballistik raketasini yana ishlatishi mumkin, deb ogohlantirdi AQSh razvedkasi.

NATO a’zolari orasida Ukrainaning ittifoqqa a’zo bo‘lish taklifi bo‘yicha “konsensus yo‘q” — Reuters
3 dekabr 2024, 17:39

NATO a’zolari orasida Ukrainaning ittifoqqa a’zo bo‘lish taklifi bo‘yicha “konsensus yo‘q” — Reuters

NATO a’zolari orasida Ukrainani ittifoqqa taklif qilish uchun zarur bo‘lgan “konsensus belgilari yo‘q”, deb yozadi Reuters. Ukraina TIV mamlakat blok a’zoligiga “hech qanday muqobil yoki o‘rnini bosuvchi” a’zolikni qabul qilmasligini bildirdi va Budapesht memorandumining “achchiq tajribasi”ni eslatdi.

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy
2 dekabr 2024, 16:43

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun kuchlari yetarli emasligini aytdi. U Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olishi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerakligini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting